O‘zbekiston | 15:44 / 07.12.2016
146046
2 daqiqa o‘qiladi

Kozim To‘laganov rahbarlik lavozimiga qaytdi

Toshkent shahrining sobiq hokimi Kozim To‘laganov mamlakatning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan Davlat nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan. Bu ma'lumot Kun.uz nashrining savollariga javob qaytargan boshqarmadagi manba tomonidan tasdiqlandi.

Kozim To‘laganov 1997-2001 yillarda Toshkent shahar hokimi, keyinroq bosh vazir o‘rinbosari va Toshkent viloyati hokimi (2005 yilgacha) sifatida ishlagandi.

(chapdan Kozim To‘laganov, marhum birinchi prezident Islom Karimov, marhum Bosh vazir O‘tkir Sultonov ).

Ma'lum qilinishicha, yangi saylangan prezident Kozim To‘laganovning qurilish sohasidagi ulkan tajribasini inobatga olib, hukumat tarkibiga qaytargan.

O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev saylovoldi kampaniyasi doirasida 24 noyabr kuni Toshkent shahrida saylovchilar bilan uchrashgan va poytaxtni rivojlantirish dasturi haqida ma'lum qilgandi. Shundan keyin Kozim To‘laganov Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasidagi olti boshqarmadan birining boshlig‘i etib tayinlangan.

Shavkat Mirziëyev To‘laganov zimmasiga poytaxtni rivojlantirish dasturi ustidan nazorat etish vazifasini topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu dastur doirasida 2017-2022 yillarda Toshkent shahrining Sergeli dahasida zamonaviy talablarga javob beruvchi 500ta ko‘pxonali uylar qurish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, dasturda poytaxtda istirohat bog‘lari, yashil hududlar barpo qilish, metro yo‘nalishlari bo‘yicha qurilishlarni tezlashtirish nazarda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda hal qilinishi lozim muammolar va kelgusidagi loyihalar haqida

Mavzuga oid