Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Şavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toşkent şahri saylovçilari bilan uçraşdi. Nomzodning uçraşuvdagi nutqi töliq holda «Toşkent oqşomi» gazetasida çop etilgan.

U öz çiqişi avvalida Özbekistonning birinçi prezidenti, marhum Islom Karimovning vatan oldidagi xizmatlarini hamişa qadrlaş barça uçun «farz va qarz» ekanini ta'kidlagan. Şavkat Mirziyoyev minglab taşabbuskorlar tomonidan Toşkent şahrida Islom Karimov nomidagi maydon barpo etiş va unga birinçi prezident haykali örnatilişi böyiça takliflar bildirilayotganini aytib ötib, bu taşabbusni qöllab-quvvatlaşga çaqirgan.

Oldindagi vazifalar töğrisida sözlar ekan Şavkat Mirziyoyev xalq erkin ovoz beriş, öz xohiş-irodasini erkin bildiriş orqali özining ertangi kuni, mamlakatning kelgusi rivojlaniş yölini yana bir bor aniqlab, tasdiqlab olişini ta'kidlagan.

Prezidentlikka nomzod Toşkent aholisining madaniyat, san'at, fan, sport, ta'lim, soğliqni saqlaş va boşqa sohalar rivojiga qöşgan hissalarini e'tirof etgan.

U zamonaviy özbek ilm-fani tarixi va taraqqiyotini albatta Toşkent şahrisiz tasavvur etib bölmasligini, bugungi kunda Toşkent yirik ilmiy va madaniy markaz,tom ma'noda ma'rifat va ma'naviyat, yoşlar va talabalar şahri hisoblanişini qayd etib ötgan.

Şavkat Mirziyoyev ziyolilarning mehnati qançalik oğirligini yaxşi bilişini aytib, ularni öziga yaqin olişi, ularni jamiyatni olğa yetaklaydigan fidoyi insonlar sifatida bilişini ta'kidlagan. U öz saylovoldi dasturida intellektual soha ahlining mehnatini qadrlaş, ularning izlanişlarini röyobga çiqariş uçun zarur şaroit yaratib beriş masalasi keng örin egallaganini qayd etgan.

«Mana, 40 yildirki, mening hayotim va faoliyatim jonajon Toşkent şahri bilan boğliq holda keçmoqda. Ayni şu azim şaharda oliy ta'lim oldim, tuz-nasiba topib, oilali böldim, farzandlar, nabiralar kördim, ming-minglab döstu birodarlar, maslakdoşlar orttirdim. Qança-qança uluğ insonlar bilan muloqotda böliş, birgalikda işlaş baxti nasib etdi. Qayerda, qaysi vazifada işlamayin, poytaxt ahlining samimiy munosabati, mehr-oqibatini, qöllab-quvvatlaşini doimo his qilib kelaman va buning uçun yana bir bor barçangizga minnatdorçilik bildiraman. Gözal poytaxtimizda mustaqillik yillarida amalga oşirilgan ulkan işlarda mening ham kamtarin hissam borligidan hamişa faxrlanib yuraman», deya qöşimça qilgan u.

Şavkat Mirziyoyev şaharni rivojlantiriş böyiça beş yillik dastur işlab çiqilganini, unda asosiy e'tibor yangi iş örinlari yaratiş hamda transport, uy-joy va biznes infrastrukturasini rivojlantirişga qaratilişini ma'lum qildi.