Jahon | 22:42 / 07.12.2016
7979
2 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili fuqarolikdan mahrum qilinsa, aeroportda yashashga va'da berdi

Foto: Zuma\TASS

Ukraina fuqaroligini olgan Mixail Saakashvili agar Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko uni fuqarolikdan mahrum qilish qarorini qabul qilsa, "aeroportning tranzit hududida yashashini" aytdi. Hozir u Oliy radaga muddatdan avval saylovlar o‘tkazilishiga erishmoqchi. 

Bungacha siyosatchi Poroshenko unga ikki marotaba bosh vazir bo‘lish taklifini bildirganini, endi esa uni fuqarolikdan mahrum qilishi ehtimoli borligini aytmoqda. Uning aytishicha, u Ukrainani tark etmoqchi emas.

Yaqinda Gruziyaning sobiq prezidenti feysbukdagi sahifasida uning "Yangi kuchlar harakati" partiyasi safiga kirgan fuqarolar soni oshganini ma'lum qilgandi. "Biz endi 20 mingdan ko‘proqmiz, biroq asosiysi miqdor emas. Men ular bilan gaplashdim va shuni aytmoqchimanki, men hech qaysi bir davlatda siyosiy faollarning bunchalik sifatli ekanligini ko‘rmaganman", deb aytdi Odessa viloyatining sobiq gubernatori.

Saakashvili avvalroq Odessa viloyati gubernatori lavozimini tark etgandi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid