Jahon | 19:17 / 07.12.2016
6692
1 daqiqa o‘qiladi

Sumatra zilzilasi qurbonlari 100 nafarga yaqinlashdi

Indoneziyaning Sumatra orolida yuz bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 97 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat tabiiy ofatlarning oldini olish milliy boshqarmasi (BNPB) rahbari Villem Rampangiley ma'lum qilgan.

"Bu ma'lumotlar G‘arbiy Indoneziyaning 17:00dagi vaqtiga (Toshkent vaqti bilan 15:00) taalluqli", — deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Antara” axborot agentligi

Avvalroq qurbonlar soni 92 nafar ekanligi aytilgan edi. Rampangileyning so‘zlariga ko‘ra, 411 kishi og‘ir, 125 kishi yengil turdagi jarohat olgan.

BNPB axborot markazi rahbari Sutopo Purvo Nugroxoning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofatning asosiy zarbasi Pididjaya tumaniga tushgan. "Pididjayada 91 kishi, Biren tumanida ikki kishi, Pidi tumanida bir kishi halok bo‘lgan", — deb uning so‘zlaridan ma'lumot keltirib o‘tgan Detik.com portali.


 

Mavzuga oid