Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada dollarni liraga almashtirganlarga bepul qabr toshlari va'da qilindi
Turkiyaning Bursa shahrida yashovchi qabr toshlarini tayyorlovchi ustaxona egasi lira kursini barqarorlashtirish uchun valyuta almashtirishga rozi bo‘lgan buyurtmachilarning qabr toshlarini bepul tayyorlab berishga va'da berdi. The Hurriyet Daily News shu haqida ma'lum qildi.
Firma rahbari Enes Alanning izohlashicha, u bunday ishga vatanparvarlik hissi yuzasidan, mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘l urmoqda.
"2 ming dollarni turk lirasiga almashtirib, chekini bizga taqdim etgan kishilarga 750 liraga baholanuvchi qabr toshini bepul tayyorlab beramiz, - deya va'da berdi Alan. - Biz hattoki mozorga ham toshni o‘zimiz yetkazib beramiz".
Alanning so‘zlariga ko‘ra, buyurtmachilar uning tashabbusiga ijobiy munosabat bildirishmoqda, zero ular ham mamlakat va uning iqtisodiyotini himoya qilish tarafdoridir. Ba'zi xaridorlar cheklarni keltirishgan, lekin qabr toshini bepul olishdan bosh tortishgan.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026