Jahon | 07:59 / 08.12.2016
3467
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada aviahalokatda 5 kishi halok bo‘ldi

Foto: © RIA

Braziliyaning Amazonas shtatida 7 dekabrda yuz bergan aviahalokat oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, deb ma'lum qildi mahalliy qutqaruv xizmati.  

Globovision kanali ma'lumotlariga ko‘ra, Embraer 721D rusumidagi samolyot Manaus shahrining o‘rmonli joyiga qulagan. Samolyot Manausdan Novo-Aripuana shahriga aviataksi sifatida parvoz qilayotgan bo‘lgan va havoga ko‘tarilgach qulab tushgan.

Qurbonlar orasida bir bola ham bor. Samolyot yerga urilgach portlab, yonib ketgan. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ish olib borganlar. Halokat sabablari hozircha ma'lum qilinmagan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid