Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Nazarboyevga: «Siz Qozog‘istonda mo‘'jiza qildingiz»

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan suhbati haqida gapirib berdi. Bu haqda Tengrinews portali xabar bermoqda.
Nazarboyevning aytishicha, suhbat davomida Tramp unga: «Siz Qozog‘istonda mo‘'jiza qildingiz», deb aytgan.
«Buni men emas, Tramp aytayapti», — deb ta'kidlagan Qozog‘iston prezidenti.
Nazarboyev bu borada o‘z fikrini bildirar ekan «menimcha unga (Trampga) ma'lumotlarni bizning neftchilar (qozog‘istonlik) yetkazgan».
Nursulton Nazarboyev va Donald Tramp o‘rtasidagi telefon muloqoti 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi.
Mavzuga oid
09:25 / 15.04.2026
Tramp: Eron bilan mojaro tugashiga oz qoldi
08:38 / 15.04.2026
Tramp Melonini Eron bo‘yicha pozitsiyasi uchun keskin tanqid qildi
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
13:42 / 10.03.2026