Texnologiya | 08:45 / 09.12.2016
4908
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada mashhur yozuvchilardan biriga juda o‘xshash robot yaratildi

Foto: © AP

Yaponiyada mashhur yozuvchilardan biri Natsume Sosekiga juda o‘xshash robot yaratildi. “Yozuvchi” 100 yillik tanaffusdan keyin omma bilan muloqotga kirishgan. Bu haqda Nisyogakusya universiteti xabar berdi.

Natsume Soseki (1867-1916) – zamonaviy yapon adabiyotining eng yorqin namoyondalaridan biridir. “Do‘stlar, biz anchadan beri ko‘rishganimiz yo‘q! Deyarli 100 yil vaqt o‘tdi”, - degan robot.

Android yozuvchi vafot etgan kunining (9 dekabr) 100 yilliga yaratildi. Uning ustida Nisyogakusya universiteti va Yaponiyadagi robotlar yaratish bilan shug‘ullanuvchi eng mashhur Osaka universiteti olimlar guruhi ish olib borishgan.

Androidni yaratishda Natsume Sosekining suratlari, uning bo‘yi va vazni haqidagi ma'lumotlar va hattoki nabirasining ovozidan ham foydalanishdi.

Uskuna ta'lim olish jarayonida ishlatiladi – u Natsume Soseki asarlarini bolalarga o‘qib beradi.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid