Jahon | 15:16 / 09.12.2016
4295
2 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada 300dan ortiq yer silkinishi qayd etildi

Foto: AP

Ma'lumki, 7 dekabr kuni Indoneziyaning Achex provinsiyasida kuchli zilzila ro‘y berdi. U yerdagi qutqaruv operatsiyasida 1,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, politsiya xodimlari va qutqaruvchilar ishtirok etmoqda. "Omon qolganlarni topish imkoni u qadar katta emas", - deydi tabiiy ofatlarning oldini olish milliy agentligi rasmiy vakili  Sutopo Purvo Nugroxo. The Straits Times shu haqida ma'lum qildi

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, unda 102 kishi halok bo‘lgan, 750dan ortig‘i jarohat olgan, bulardan 136 nafarining ahvoli og‘ir. Biroq qutqaruvchilarning taxminlariga ko‘ra, vayronalar ostida yana odamlar bo‘lishi mumkin. Agentlik vakilining ta'kidlashicha, "qidiruv ishlari yetti kun davom etadi". Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya vaqtida maxsus texnika, hususan issiqlik datchiklari qo‘llaniladi. 

Hozirgi vaqtda taxminan 3,2 ming mahalliy aholi vaqtinchalik evakuatsiya markazlarida bo‘lib, hukumat oziq-ovqat, suv va chodir yetishmovchiligini his qilmoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 6,4 magnitudali asosiy zilziladan keyin 300dan ortiq yer silkinishi qayd etilgan. Natijada 10 mingdag ortiq bino, shu jumladan turar joylar, maktablar, masjidlar va do‘konlar vayron bo‘lgan. 

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo kuni kecha Banda-Achexga tashrif buyurdi, bugun davlat rahbari eng ko‘p vayron bo‘lgan joylarga qutqaruv operatsiyasi va qochqinlarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish uchun yo‘l oladi.

2004 yilda Achex provinsiyasi yaqinida 9,1-9,3 magnitudali zilzilalar sodir bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, o‘shanda 280 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid