Sport | 13:59 / 09.12.2016
5219
2 daqiqa o‘qiladi

Neymar «Oltin to‘p» uchun «o‘lib-tirilmasligi»ni aytdi

«Barselona» hujumchisi Neymar «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uning uchun asosiy maqsad emasligini tan oldi. Braziliya terma jamoasi futbolchisi bu masalaga sovrinni qo‘lga kiritish uchun boshqa klubga o‘tish-o‘tmasligi haqidagi savolga javob bera turib to‘xtalib ketgan.

«Barselona»da juda ham baxtiyorman. Bu yerdagi hayotimdan qoniqmoqdaman. Albatta, bu sovrinni qo‘lga kiritish maqsadim bor, ammo «Oltin to‘p» uchun o‘lib tirilib harakat qilmoqchi emasman. Shunchaki, baxtiyor inson bo‘lmoqchiman va «Barselona»da baxtliman. 

Agar «Oltin to‘p»ni qo‘lga kirita olmasam, qo‘rqinchli biror narsa bo‘lmaydi. Bu sovrin bajarilgan ishlar uchun beriladi. Afsuski, «Oltin to‘p» bitta, Messi esa — dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U bilan bir jamoada to‘p surish men uchun katta sharaf», - deya gapirib o‘tdi Neymar Gol telekanaliga bergan intervyusida.

Mavzuga oid