Jahon | 18:36 / 09.12.2016
4798
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya KXDRga nisbatan sanksiyalar va bosim siyosatini davom ettiradi

Koreya Respublikasi KXDRga nisbatan sanksiyalar va bosim siyosatini davom ettiradi. Bu haqda juma kuni prezident Pak Kin Xe impichmentidan so‘ng mamlakatning birlashish vazirligi xabarida aytiladi.

"Hukumat Shimoliy Koreyaga nisbatan hozirgi pozitsiyani o‘zgartirmaydi", - ta'kidlanadi hujjatda. Vazirlikda aytilishicha, ish "tinch birlashuvga erishish maqsadida" olib boriladi. "Hukumat Shimoliy Koreya harakatini sinchiklab kuzatadi va juda ham hushyor bo‘ladi", - deyiladi xabarda.

Rasmiy Seul 2 dekabr kuni KXDRga nisbatan bir tomonlama sanksiyalarni kuchaytirdi. Bu mamlakatning yadroviy-raketa dasturi bilan bog‘liq bo‘lib, “qora ro‘yxatga” 35 yuridik va 36 jismoniy shaxslar qo‘shilgan. Ular ommaviy qirg‘in qurolini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutuvchi insonlardir. 

Avvalroq, BMT Xavfsizlik Kengashi ham Pxenyanga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirgandi.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid