Bugun Inson huquqlari kuni nishonlanmoqda
1948 yilning 10 dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti umume'tirof etilgan Inson huquqlarini tasdiqladi. BMT Bosh assambleyasi Inson huquqlari deklaratsiyasini qabul qildi. Uning bandlari Yer yuzidagi har bir insonga bevosita tegishlidir. Ularning ijrosini yoxud o‘z huquqi poymol qilinmasligini har bir inson talab qilishga haqlidir.
1950 yilda Bosh assambleya 423 (V) rezolyutsiyasini qabul qilib, a'zo davlatlarga va boshqa manfaatdor tomonlarga 10 dekabrda Inson huquqlari kunini nishonlashni tavsiya qilgan edi.
Bugungi kunda, 10 dekabr butun dunyoda ozodlik va tenglik bir xil ta'minlanishi uchun qadam tashlangan kun sifatida keng nishonlanadi.
BMT 2016 yilning Inson huquqlari sohasidagi shiorini – Kimningdir huquqi uchun bugun kurash! – deya belgilagan.
Bu yil BMT Inson huquqi uchun kurashishga chaqiradi. Huquqlarni himoya qilish sayyoramizdagi har bir insonning mas'uliyatli vazifasidir. Tashkilot, qochqinlar va muhojirlar, ayollar, tub aholi vakillari, kelib chiqishi afrikalik bo‘lganlar, umuman irqchilik nishoni bo‘layotganlar va zo‘ravonlik hamda tahqirlashlarga uchrayotganlar huquqlari uchun kurashishga chaqirgan.
Mavzuga oid
17:39
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
07:50 / 22.11.2024
BMT RFning Dniproga ballistik raketa zarbasidan xavotirda
15:22 / 21.11.2024
Bokudagi COP29: iqlim o‘zgarishiga moslashish xarajatlarini kim to‘laydi?
00:36 / 19.11.2024