Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yekaterinburglik fotosuratchi National Geographic tanlovida g‘olib bo‘ldi
Rossiyaning Yekaterinburg shahri fuqarosi Vadim Balakin Nature Photographer of the Year 2016 tanlovining g‘olibi deb topildi. Uni National Geographic telekanali tashkil etgan edi. Vadim Shpitsbergenda o‘lib qolgan oq ayiq surati uchun shunday e'tirofga sazovor bo‘lgan. National Geographic telekanali hakamlari Shpitsbergen arxipelagida ochlikdan o‘lgani taxmin qilingan oq ayiq fotosuratini yuqori baholagan.

“Mening "Hayot va o‘lim" deb nomlagan fotosuratim "Atrof-muhit" tasnifida birinchi o‘rinni oldi. Fotosurat Norvegiyaning Shpitsbergen arxipelagida Mike Reyfman va Roy Mangersnes fotosayohatida 2014 yilda olingan”, — deb hikoya qilgan suratchi Facebook sahifasida.
Uning aytishicha, hayvon nimadan o‘lgani, keksalikdanmi, ochlikdanmi noma'lum. Biroq, tishlarining holatidan taxmin qilish mumkinki, ochlik uning hayotiga zomin bo‘lgan.
“Aytishlaricha, so‘nggi vaqtlarda, oq ayiq qoldiqlari tez-tez topilmoqda. Iqlim isishi va muz qatlamining qisqarishi ta'sir qilmoqda”, — deb qo‘shimcha qilgan Vadim Balakin.
Mavzuga oid
08:56
Xerson gubernatori dron hujumida 24 kishi halok bo‘lganini aytdi
08:44
Ukraina Xorlidagi mehmonxonaga berilgan zarbaga aloqadorligini rad etdi
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
17:43 / 01.01.2026