Xitoy va Yaponiya chegaralarni qo‘riqlash bo‘yicha kelishib oldi
XXR va Yaponiya mudofaa vazirliklari o‘rtasida o‘zaro muvofiqlashtirish tizimini imkon qadar tezroq tashkil etish borasida kelishib oldi. U havo va dengiz kengliklarini muhofaza qilishi kerak, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, kelishuvga dengiz muammosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi maslahatlashuvlarning oltinchi davrasida erishilgan. Muloqot Xitoyning Xaykou shahrida tashkil etilgan.
Ta'kidlanishicha, tomonlar 2017 yil martiga qadar ekspertlar darajasida uchrashishga kelishib olishgan. Unda, dengiz ifloslanishi, transmilliy jinoyatlar, xususan, kontrabanda va giyohvand moddalar savdosi kabi masalalar muhokama etiladi.
XXR va Yaponiya baliqchilik sohasida hamkorlikni tartibga soluvchi va dengizda qidiruv-qutqaruv ishlarini o‘tkazishga doir kelishuvlarni tezroq imzolash zarurligini qayd etishgan.
Ikki davlat vakillari, shuningdek, Sharqiy Xitoy dengizi muammosini ham e'tibordan chetda qoldirishmagan hamda 2017 yil birinchi yarmida maslahatlashuvlarning yettinchi davrasini o‘tkazishga kelishib olishgan.
Mavzuga oid
17:26 / 07.11.2024
Osiyodagi eng katta kruiz layneri Yaponiyada buzilib qoldi
18:00 / 06.11.2024
Yaponiyada Toyota’ning birinchi uchar taksisi namoyish etildi
17:14 / 05.11.2024
Yaponiya dunyoda birinchi bo‘lib yog‘och sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi
22:37 / 04.11.2024