Jahon | 17:07 / 10.12.2016
32704
3 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya elitasi qanday yashamoqda

Shimoliy Koreya dunyodagi eng katta qiziqishga sabab bo‘ladigan davlat ekani hech kimga sir emas.

OAVda vaqti-vaqti bilan qashshoqlikda istiqomat qilayotgan koreyaliklarning og‘ir turmush tarzi haqida reportajlar paydo bo‘ladi. Biroq, kamdan-kam jurnalistlar mamlakatda badavlat o‘rta sinf borligi haqida yozishadi. Ular esa davlatda o‘zini juda yaxshi his qilmoqda.

Shimoliy Koreya elitasi Pxenyan va boshqa yirik rivojlanayotgan shaharlarda yashaydi.

Pxenyan uzra parvozga mo‘ljallangan to‘rt o‘rinlik mini-samolyotlar

Shimoliy Koreya fuqarosi ot minishni o‘rganmoqda.

Mamlakat aholisining taxminan 13-15 foizida mobil telefonlar bor.

Pxenyan ko‘chalarida Audi A6 avtomobili.

Elitani tadbirkorlar, ularning oilalari, qarindoshlari va do‘stlari tashkil qiladi. Ularning umumiy soni mamlakat aholisining taxminan 10 foiziga teng. Shimoliy Koreya hukumati mamlakatdagi sotsialistik tuzumga qaramay elitaning boyib borayotganiga ko‘z yumib kelmoqda. 

Raqamli fotoapparatga ega erkaklar

Shimoliy Koreyaga “dabdaba” buyumlar importi YeI sanksiyalariga tushgan, biroq mahsulotlar Xitoy orqali olib kiriladi.

Qimmatbaho it turiga ega oilaviy juftlik.

Shimoliy Koreya fuqarosi mobil telefon bilan.

Adidas kiyimidagi erkak.

Dizaynerlik sumkasiga ega kostyumli tadbirkor.

Shimoliy Koreyada 2009 yili iqtisodiyotga katta ta'sir ko‘rsatgan pul islohoti o‘tkazildi. Shundan so‘ng ancha badavlat o‘rta sinf paydo bo‘la boshladi.

Pxenyanda oltita xususiy taksi xizmati bor. Ular mahalliy valyutada emas, balki AQSh dollarida to‘lovlarni qabul qiladi.

Shimoliy Koreyada eng lyuks brendlarning mahsulotlarini xarid qilish imkoni bor. Ular orasida keng ekranli televizorlar, kamarlar va Montblanc charm karmoni kabilar mavjud.

Mamlakatdagi ishbilarmonlar miqdori aholining 2 foizini tashki qiladi.

Shimoliy Koreyaning qolgan aholisi esa qashshoqlikda umr kechirib, farovon hayotni faqatgina orzu qilishi mumkin.

Mavzuga oid