Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Saudiya Arabistoni bilan bog‘liq kompaniyasini yopdi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp saylovlardan keyingi ilk kunlarda o‘zining bir necha kompaniyasini yopgan. Ular orasida Saudiya Arabiston bilan bog‘liq bo‘lgan 4ta kompaniya ham bor, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Ta'kidlanishicha, Tramp AQSh prezidentligi davrida jiddiy kelishmovchilikka bormaslik uchun shunday choraga qo‘l urgan.
Trump Organization kompaniyasi bosh huquqshunosi Alan Garten kompaniyalar yopilganini tasdiqlab, buni «muntazam tozalash» ishlari deb atagan. Shu bilan birga, Trampning Saudiya Arabistoni bilan bog‘liq hech qanday biznesi yo‘qligini aytgan.
Hozirda, Donald Tramp har hafta AQSh razvedka xizmati hisobotini olayotgani avval xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
10:55
BMT husiychilar va Saudiya o‘rtasidagi keskinlikdan xavotir bildirdi
09:23
Yaman hukumati Sano aeroportini bombardimon qildi. Husiylar Saudiyaga raketa otdi
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026