Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yaponiyadan Putinni "iliq qabul qilmaslik"ni talab qildi
AQSh Yaponiya hukumatidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashrifini tashkillashtirishda "tiyilish"ni talab qildi. Xususan, Vashington dastur doirasida Tokioga tashrif rejasining kiritilishiga e'tiroz bildirdi. Vashingtonga ko‘ra, "Rossiya rahbarining poytaxtda iliq kutib olinishi "yettilik"ning Moskvaga bosimini yumshatishi mumkin". Biroq Kyodo agentligining xabar berishicha, Yaponiya "AQShning e'tirozlarini e'tiborga olmadi".
Manbaga ko‘ra, noyabr oyida ushbu uchrashuvni Nagato (Yamaguti prefekturasi) va Tokioda yuksak darajada o‘tkazish haqida qaror qabul qilingandan keyin Amerika tomon "diplomatik kanallar orqali" bir necha marotaba o‘z e'tirozlarini bildirgan.
AQSh diplomatlarining fikricha, Putinning Tokioda qabul qilinishi "yettilik" mamlakatlarining Rossiyaga nisbatan hamfikr emasligiga ishora qilishi mumkin. Yaponiyada esa, "Tokio G7 a'zosi rolini o‘ynashi muhimligi, biroq ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda o‘z milliy manfaatlarini ko‘zlashi tabiiy" ekanligi ta'kidlangan. Tokio tomon, shuningdek RF prezidenti imperator Akixito qabulida bo‘lmasligini ma'lum qilgan.
Joriy yilning 8 dekabr kuni Yaponiya TIV 15-16 dekabr kunlari Vladimir Putinning tashrifi haqida rasman e'lon qilgan. Tashrif doirasida Rossiya rahbari mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe bilan Nagato va Tokioda uchrashuvlar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
14:20
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
08:43
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026