Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya yangi bosh vazirining nomi e'lon qilindi
Italiya prezidenti Serjo Mattarella TIV rahbari Paolo Jyentiloniga hukumatni boshqarishni taklif qildi. Matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, unga yangi hukumatni shakllantirish va parlamentda ko‘pchilikning qo‘llab-quvvatlashini baholash vazifasi topshirilgan.
"Respublika prezidenti Serjo Mattarella Paolo Jyentilonini qabul qildi va unga hukumat raisi mandatini topshirdi. Jyentiloni uni qabul qilib oldi", - deya xabar beradi prezident kantselyariyasi rahbari Ugo Dzampetti.
Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi 4 dekabr kuni konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda tanazzulga yuz tutgani tufayli o‘z lavozimini tark etdi.
Manbaga ko‘ra, YeIning Italiyada bo‘lib o‘tadigan sammitiga start berilguniga qadar mamlakatda bosh vazir tayin bo‘lishi shart. Bu esa ovoz berish jarayonining yaqin kunlarda o‘tkazilishi mumkinligiga ishora qiladi.
Mahalliy tahlilchilarning fikricha, Jyentiloni o‘zining jahon maydonidagi o‘rni bilan ham ko‘pchilikning nazariga tushgan. 2017 yilda G7'ga Italiya raislik qiladi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026