Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti Konstitutsiyaning yangi variantini yo‘qotmaslikka va'da berdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mahalliy kengash saylovlari va mamlakat Asosiy qonuniga o‘zgarish kiritishga doir referendumda ovoz berdi. Bu haqida Zanoza.kg nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, davlat rahbari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi 1209-sonli saylov uchastkasida ovoz bergan.
"Yangi Konstitutsiya qabul qilingan taqdirda, men uni imzolashga hamda yo‘qotmaslikka va'da beraman", - dedi Atambayev matbuot vakillariga.
Davlat rahbari buning uchun shaxsan javob berishini ta'kidladi.
Joriy yilning oktabr oyida prezident apparati Qirg‘iziston Konstitutsiyasining original varianti yo‘qligini rasman tasdiqladi.
Undan avval deputatlar joriy Konstitutsiyaning original variantini taqdim etishni so‘rab murojaat qilishgan, biroq adliya vaziriligi va prezident apparatida hujjatning faqatgina nusxasi mavjudligi ma'lum bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026