Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondagi referendum bo‘lib o‘tgan hisoblanadi
Qirg‘iziston Markaziy Saylov komissiyasi ma'lum qilishicha, Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda referendum bo‘lib o‘tdi deb hisoblanishi uchun yetarli sonda saylovchi ishtirok etgan.
Bugun Asosiy qonunini o‘zgartirish bo‘yicha referendumdan tashqari mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.
MSK ma'lumotiga ko‘ra, ovoz berishlar boshlanganidan 8 soatga yaqin vaqt o‘tganida davomat 30 foizdan oshgan va bu referendum bo‘lib o‘tdi deb hisoblanishi uchun yetarli bo‘ladi.
Bundan oldinroq, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev odamlar referendumga kelishini so‘rab, duo qilishini aytib o‘tgandi.
Bugun 2010 yilda o‘sha vaqtdagi prezident Kurmanbek Bakiyev tuzumi ag‘darilganidan keyin qabul qilingan konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zgartishlar mualliflarining qayd etishlaricha, asosiy maqsad hokimiyat organlari o‘rtasidagi o‘zaro muvozanatni ta'minlash va mamlakatda parlament hokimiyatini mustahkamlashdan iborat.
Qirg‘iziston prezidenti Konstitutsiyaning yangi variantini yo‘qotmaslikka va'da berdi
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026