Jahon | 14:23 / 11.12.2016
13391
3 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi Bolotnaya maydoni voqealariga 5 yil bo‘ldi (fotojamlanma)

Besh yil avval, 2011 yilning 10 dekabrida Moskvadagi Bolotnaya maydonida saylovlardagi firibgarliklarga qarshi eng yirik namoyish bo‘lib o‘tdi va u "Oq harakat" ramziga aylandi. O‘n minglab odamlar poytaxt ko‘chalariga chiqib, Rossiya hukumatidan mamlakat rahbariyati siyosatidan norozi bo‘lgan insonlar bergan ovozga hurmat bilan yondashishni talab qilishgan. Namoyishchilar o‘zlarini yaxshi tutishlariga qaramay, Kreml buni tahdid sifatida qabul qilgan. Poytaxtga ichki kuchlar kiritilgan, yangi namoyishlar esa qat'iy ravishda bostirilgan. "Bolotnaya ishi"ning ba'zi faollari hali-hanuz panjara ortida. 

Bolotnaya maydonidagi norozilik namoyishi manzarasi

Harbiy yuk mashinalari Moskvadagi Bolotnaya maydonida "Adolatli saylovlar uchun" namoyishi boshlanishidan avval

Aktsiya ishtirokchilari maydonda "Moskva adolatli saylovlar tarafdori" jumlasini tuzishdi

"Adolatli saylovlar" namoyishi ishtirokchilari Bolotnaya maydonidagi Lujkov ko‘prigida

"Adolatli saylovlar" namoyishi ishtirokchilari Bolotnaya maydonida

"Birdamlik" («Solidarnost») harakati hamraisi Boris Nemtsov Bolotnaya maydonidagi namoyishda chiqish qilmoqda

"Adolatli saylovlar" namoyishi ishtirokchilari Bolotnaya maydonida

Musiqachi Noize MC (Ivan Alekseyev) "Adolatli saylovlar" namoyishida

"Adolatli saylovlar" namoyishi ishtirokchilari Bolotnaya maydonida

Jurnalist Leonid Parfyonov Bolotnaya maydonidagi "Adolatli saylovlar" namoyishida

"Adolatli saylovlar" namoyishi ishtirokchilari Bolotnaya maydonida

Xalq ozodligi partiyasi hamraisi Mixail Kasyanov Bolotnaya maydonidagi "Adolatli saylovlar uchun" namoyishida

"Adolatli saylovlar" namoyishi ishtirokchilari Bolotnaya maydonida

"Boshqa Rossiya" harakati yetakchisi Eduard Limonov (o‘rtada) Inqilob maydonidagi norozilik namoyishida

"Adolatli saylovlar" namoyishi ishtirokchilari Bolotnaya maydonida

Huquq-tartibot organlari xodimlari Moskvadagi Katta Tosh ko‘prikda

Suratlar manbasi: RIANovosti

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid