Jamiyat | 03:18 / 11.12.2016
9247
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbuldagi portlashni xudkush va minalashtirilgan mashina yordamida amalga oshirishgan

Foto: Reuters

Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Istanbulda ikkita portlash bo‘lganini tasdiqladi. Uning fikricha, ikkinchisini xudkush-terrorchi amalga oshirgan bo‘lishi mumkin.

“Biz ikkita portlash yuz bergan, deb baholaymiz. Ularning birinchisi xudkush-terrorchi, ikkinchi esa minalangan avtomobil bo‘lishi mumkin, sabab u kuchliroq portlagan. Halok bo‘lganlar haqida birozdan so‘ng ma'lum qilamiz”, – dedi Soylu.

Rasmiy ma'lumotlar berilmagan bo‘lsa-da, Al Jazeera Turk kanali 15 nafar halok bo‘lganlar haqida ma'lum qilgan. Shuningdek, 38 nafar yaralanganlar haqida ham ma'lumot berilgan.

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Twitter/MediasetTgcom24
Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid