O‘zbekiston | 14:47 / 12.12.2016
9164
2 daqiqa o‘qiladi

13 dekabr O‘zbekistonda tumanli ob-havo kuzatiladi

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 dekabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorati  kechasi 0-2, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid