Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun YeChL pley-off bosqichiga qur'a tashlanadi
Bugun Shveytsariyaning Non shahridagi UYeFA ofisida Chempionlar ligasining chorak finaliga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Qur'a guruh bosqichida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan 16 jamoani 2 savatchaga ajratgan.
Chorak finalga o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallab chiqqan jamoa boshqa guruhda birinchi o‘rinni egallagan jamoaga duch kelmaydi. Shuningdek, bu bosqichda bir mamlakatning ikki vakili o‘zaro to‘qnashishi oldi olingan.
Saralanganlar guruhi: «Arsenal», «Lester» (ikkisi – Angliya), «Atletiko», «Barselona» (ikkisi – Ispaniya), «Borussiya» Dortmund (Germaniya), «Yuventus», «Napoli» (ikkisi – Italiya), «Monako» (Fransiya).
Ikkinchi o‘rin bilan chiqqan jamoalar: «Benfika», «Portu» (ikkisi – Portugaliya), «Bavariya», «Bayyer» (ikkisi – Germaniya), «Manchester Siti» (Angliya), «PSJ» (Fransiya), «Real», «Sevilya» (ikkisi – Ispaniya).
Guruh g‘oliblari ilk o‘yinni o‘z maydonida o‘tkazadi. 1/8 finalning birinchi o‘yinlari 14-15 hamda 21-22 fevral kunlari o‘tkaziladi, javob uchrashuvlari 7-8 hamda 14-15 mart kunlariga belgilangan.
Yevropa futboli grandlari va turnir favoritlari «Bavariya» hamda «Real» o‘z guruhlarida ikkinchi o‘rinni egallagan va chorak final bosqichidayoq kuchli jamoalar to‘qnashuvini kuzatish mumkin bo‘ladi.
Ya'ni, 1/8 finalda «Barselona» va «Bavariya» jamoalari juftligi hosil qilishi mumkin. Shu bilan birga «Atletiko» va Dortmundning «Borussiya» jamoasi «Bavariya» hamda «Real» bilan duch kelmaydi.Qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Qur'a jarayonini ushbu havola orqali jonli ravishda kuzatish mumkin >>>
Mavzuga oid
16:41 / 10.03.2026
YeChLda pley-off juftliklari. Kimda qanday imkoniyat?
16:33 / 30.01.2026
«Real» yana «Benfika»ga qarshi o‘ynaydi. YeChL o‘tish bosqichiga qur’a tashlandi
20:00 / 17.03.2019
Ronaldu «Real» uchun qasos olib, finalda Messiga qarshi o‘ynaydimi? YeChL juftliklari haqida
14:16 / 14.03.2019