13 mart oqşomida Yevropa Çempionlar Ligasining bu yilgi musobaqalaridagi sönggi ikki çorak finalçi ham aniqlandi. Tabiiyki, barça muxlislarni keyingi masala, çorak final qur'asi qiziqtiradi. 

Çorak final qur'asi 15 mart kuni UYeFAning Nondagi ştab-kvartirasida bölib ötadi. Tadbir Toşkent vaqti bilan soat 17:00da boşlanadi. 

Ma'lumki, çorak finalda Angliyaning tört jamoasi – «Mançester Siti», «Liverpul», «Tottenhem» va «Mançester Yunayted», şuningdek, Italiyaning «Yuventus», Ispaniyaning «Barselona», Portugaliyaning «Portu» hamda Niderlandiyaning «Ayaks» jamoalari iştirok etadi. 

Çorak finaldan heç qanday çeklovlar yöq, ya'ni, bir mamlakat klublari ham, guruh bosqiçida birga bölgan jamoalar ham endi raqib bölişlari mumkin. Demak, çorak finalda «Yuventus» – «Mançester Yunayted» yoki xuddi ötgan yildagi kabi, «Mançester Siti» – «Liverpul» juftliklarini ham uçratişimiz ehtimoli bor. 

Yana bir jihatni e'tirof etiş kerakki, bu yildan yarim final uçun alohida qur'a taşlanmaydi. Çorak final juftliklari aniqlangaç, yarim final setkasi ham ma'lum böladi, ya'ni, çorak finaldagi qaysi juftlik ğolibiga qaysi juftlik ğolibi duç kelişi oldindan ma'lum böladi. Hatto, final öyinida qaysi juftliklardan çiqqan jamoa rasmiy mezbon, kim mehmon bölişi ham ertaga aniq böladi. 

Eslatib ötamiz, final öyini 1 iyun kuni Madridda, «Atletiko» uy öyinlarini ötkazadigan «Vanda Metropolitano» stadionida ötkaziladi. 

Çorak finalda esa, 9-10 aprel kunlari dastlabki uçraşuvlar, 16-17 aprel kunlari javob uçraşuvlari belgilangan. Yarim final 30 aprel-1 may va 7-8 may kunlariga möljallangan. 

Yana şuni qöşimça qiliş mumkinki, Yevropa Ligasi çorak va yarim final juftliklari ham xuddi YeÇLdagi kabi şaklda aniqlanadi va bu turnir qur'asi ham ertaga, 15 mart kuni bölib ötadi.

Qur'ani Eurosport1, Matç TV, Matç Futbol1 hamda Futbol TV kanallarida jonli kuzatiş mumkin.