Şveytsariyaning Nion şahrida, Yevropa futboli uyida Çempionlar ligasining 2025/26 yillar mavsumi ötiş bosqiçi uçun qur’a taşlandi.
Bu bosqiçda umumiy bosqiçda 9-dan 24-gaça bölgan örinlarda qolgan jamoalar qöşimça ikkitadan öyin ötkazişadi. Juftliklar ğoliblari 1/8 finalga çiqadi va umumiy bosqiçda kuçli sakkizlikka kirgan jamoalarga raqib bölişadi.
Çempionlar ligasi ötiş bosqiçidagi juftliklar:
«Borussiya» – «Atalanta»
«Olimpiakos» – «Bayyer»
«Yuventus» – «Galatasaroy»
«Atletiko» – «Bryugge»
«PSJ» – «Monako»
«Nyukasl» – «Qoraboğ»
«Real» – «Benfika»
«Inter» – «Budyo-Glimt»

E’tiborli tomoni, qur’a yana «Real» va «Benfika»ni özaro raqib qildi: umumiy guruh bosqiçining sönggi turida uşbu jamoalar örtasida keçgan bahsda portugaliyaliklar 4:2 hisobida ğalaba qozongan, 90+8-daqiqada urilgan törtinçi gol jamoa turnir jadvalida 24-öringa ilinib qolişini ta’minlagan, durang hisob ham qoniqtirişi mumkin bölgan madridliklar esa mağlubiyatdan keyin kuçli sakkizlikdan tuşib ketgandi.
Bu bosqiçda dastlabki öyinlar 17 va 18 fevral kunlari, javob bahslari – 24 va 25 fevral kunlariga belgilangan.
Saralangan jamoalar (umumiy guruh bosqiçida yuqoriroqda joylaşgan va yuqoridagi röyxatda nomlari birinçi qöyilgan) javob öyinlarini öz uyida qabul qiladi.
Ötiş öyinlarida ğolib bölgan jamoalar 1/8 finalga çiqadi, bu bosqiçda ularni umumiy bosqiçidagi dastlabki sakkiz örinni egallagan jamoalar («Arsenal», «Bavariya», «Liverpul», «Tottenhem», «Barselona», «Çelsi», «Sporting» va «Mançester Siti») kutmoqda. Pley-off bosqiçi uçun 27 fevral kuni alohida qur’a taşlanadi.

















