YeÇLda pley-off juftliklari. Kimda qanday imkoniyat?
|21:41 / 10.03.202611 18614 min
Bugun Yevropa Çempionlar Ligasida nimçorak final uçraşuvlari start oladi. Qur’a yana «Real» va «Mançester Siti»ni pley-offda töqnaştirgan, «PSJ»da «Çelsi»dan ötgan yozdagi mağlubiyat uçun qasos oliş imkoni yuzaga kelgan. Bundan taşqari, «Liverpul» yana Istanbulga, «Barsa» yana Nyukaslga safar qiladi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
10 mart kuni Çempionlar ligasi 1/8 finalida dastlabki uçraşuvlar bölib ötadi. Turnirning yangi formatida ham bu bosqiçdan oldingi tartib saqlanib qolgan: 16 jamoa, har bir bosqiçda ikkitadan öyin, heç qanday safardagi gol qoidasi yöq. Quyida sakkizta juftlikning keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyatlari çamalab köriladi.
Stadionlardagi muhit, aura böyiça eng zör juftlik deb ataş mumkin. «Rams Park» ham, «Enfild» ham muxlislarning performansi böyiça Yevropada eng yaxşilaridan sanaladi. Mersisaydliklar uçun qur’adan oldingi ehtimoliy raqiblar orasida aynan «Galatasaroy» nisbatan osonroq raqib sifatida körilgan bölişi mumkin, ammo aynan Istanbulda odatda mezbonlarni yengiş juda qiyin. Dastlabki öyin Turkiyada bölişi e’tiborga olinsa, Okan Buruk şogirdlari birinçi öyinda kerakli natijaga erişib, javob öyinida şu ustunlikni saqlaşga harakat qilib öynaşi mumkin. Zero «Galatasaroy» tarkibidagi futbolçilarni «Enfild» bilan qörqitib bölmaydi – Sançes, Gundöğan, Torreyra, Lamina, Sane kabi futbolçilar APL futbolida yetarliça tajriba töplab ulgurişgan.
Jamoalar Çempionlar Ligasining joriy mavsumida guruh bosqiçida ham töqnaş kelgandi. «Galatasaroy» öz maydonida 1:0 hisobida ustun kelgan, yagona golni Viktor Osimhen penaltidan urgandi. Ammo bu öyin Slot jamoasidagi inqiroz davriga töğri kelgandi, bugungi «Liverpul» esa nisbatan ança tartibga kelib qoldi. Şu bilan birga, «Liverpul» hali «Galatasaroy»ga qarşi safar öyinlarida ğalaba qozonmagan. 2001/02 yillar mavsumida Istanbulda 1:1 hisobi qayd etilgan va faqat safardagi gol qoidasi böyiça inglizlar keyingi bosqiçga çiqişgandi. 2006/07 yillar mavsumida esa jamoalar guruhda duç kelib, har ikki öyin 3:2 hisobida mezbon jamoa foydasiga hal bölgan.
Uşbu jamoalar ham kuzda, guruh bosqiçi doirasida uçraşgandi. Angliyada bölib ötgan öyinni Eddi Hau şogirdlari öta faol boşlaşgan, bir qator vaziyatlar yaratib, raqibni qiyin ahvolga solib qöyişgandi. Keyin esa Frenki de Yong – Pedri juftligi işga tuşdi – bu ikki futbolçi maydon markazini qölga olib, öyinni «Barselona» uçun qulayroq, xotirjamroq körinişga olib kelişdi. Keyin esa Markus Reşford kerakli gollarni urib, ispanlarga ğalaba keltirgandi.
Mavzuga oid
Lekin Frenki de Yong fevral oyida jarohat oldi va «Nyukasl»ga qarşi ikki öyinni ham ötkazib yuboradi. Pedri esa endigina tiklandi va qisqa vaqtda optimal formaga kira olişi söroq ostida. «Barselona» oxirgi öyinlarda aynan markazni nazorat qilişga qiynalmoqda.
APL bahslarida kuçli beşlikdan 9 oçkoga ortda qolib ketgan va yagona umidi aynan Çempionlar Ligasi öyinlari bölgan «Nyukasl» bu safar «Barselona»ga yetarliça boşoğriq bölişi turgan gap. Gordon, Elanga, Vissa, Myorfi kabi tezkor futbolçilarga ega bölgan inglizlar «Barselona»ning yuqori himoya uslubidan foydalanib qolişi mumkin.
Umuman, tarkib böyiça albatta «Barselona» kuçliroq – qöpol xatolar, kutilmagan ssenariylar yuzaga kelmasa, kataloniyaliklar keyingi bosqiçga ötişi mumkin.
Italiya klublari içida faqat «Atalanta» turnir pley-off bosqiçiga çiqa oldi. Bergamoliklar ötiş bosqiçida Bundesliganing boşqa jamoasi – «Borussiya»ga qarşi birinçi öyinda 0:2 hisobida yutqazganiga qaramay, öz maydonida kambek amalga oşirib, köpçilikning yoqimtoyiga aylanib ulgurişdi. Umuman, jamoa nemislarga qarşi ança muvaffaqiyatli öynay olişini avval ham isbotlagan. Ikki yil oldin butun mavsumni mağlubiyatsiz ötkazgan «Bayyer» ham Yevropa Ligasi finalida şu jamoaga qarşi öyinda seriyasini töxtatgandi.
Lekin «Bavariya»ga qarşi öyinda bunday muvaffaqiyatni takrorlaş juda qiyin keçişi turgan gap. «Atalanta» özining eng yaxşi öyinlarini ötkazgan taqdirda ham ayni damda natijalar borasida Yevropaning eng yaxşi jamoasi bölib turgan Vensani Kompani şogirdlari bir boş yuqori. Buning ustiga myunxenliklar Bundesligada yetarliça farq bilan peşqadamlik qilişmoqda va kerakli rotatsiyalarni amalga oşirib, bor e’tiborini aynan Çempionlar Ligasiga qaratiş imkoniga ega.
Har ikki jamoa ham futbol öynaşdan köra raqibga öyin bermaslik, uning ustun jihatlarini yöqqa çiqarişga usta, jismoniy kuraşlarda özini juda yaxşi his qiladi. Sönggi yillarda «Atletiko» biroz taşabbuskor futbolga yuzlangan, «Tottenhem» esa muammolar girdobida qolayotgan bölsa-da, bu juftlikdan har narsani kutiş mumkin. Angliya çempionatida autsayderlar qatorida yurib ham, Çempionlar Ligasida kuçli sakkizlikka kirgani, umuman, ötgan yili ham xuddi şu rejimda Yevropa Ligasini yutgani e’tiborga olinsa, YeÇLda umuman boşqaça «Tottenhem»ni körişimiz mumkin. Şu bilan birga, alohida öyinlarda «Atletiko»ning ham plankasi ança yuqori bölişiga köp marta guvohi bölganmiz.
Igor Tyudor va Diyego Simeone dueli – çiroyli kombinatsiyalar va hujumkor öyindan köra, qanday qilib raqibga xalaqit berilişi, özini ham ayamasdan kuraşni jonli tomoşa qilişni xohlaydigan ixlosmandlar uçun ajoyib şou.
Yengilmas jamoalar töqnaşuvi. Bugungi tarkiblarga unçalik aloqador bölmasa-da, har ikki jamoa milliy çempionatda mavsumni mağlubiyatsiz yakunlay olganlar klubiga a’zo hisoblanadi. «Arsenal» 2003/04 yillar mavsumida, «Bayyer» esa 2023/24 yillarda çempionatda biror marta ham yutqazmasdan çempion bölişni uddalagan.
Uşbu juftlikda «Arsenal» yaqqol favorit. Taqvim ham Mikel Arteta nemislarga qarşi öyinlarga nisbatan qulay şaroitda tayyorgarlik köriş uçun şaroit yaratdi. Birinçidan, «Arsenal» «Bayyer»ga qarşi ilk öyin oldidan APLda qiyin öyin ötkazişiga töğri kelmadi, londonliklar şanba kuni uçinçi liga vakili «Mansfild Taun»ga qarşi oson öyin ötkazdi va murabbiy katta rotatsiya qiliş imkoniga ega böldi. Endi Leverkuzenga jamoa jismonan tayyor holatda borişi mumkin. Javob öyini borasida esa APL londonliklarga yon bosdi – «Everton»ga qarşi uçraşuv avvaliga yakşanba kuniga belgilangan edi, ammo «Bayyer»ga qarşi öyin seşanba kunga töğri kelgani sababli, APL rahbariyati öyinni şanbaga köçirib berdi.
«Arsenal» sönggi öyinlarda unçalik barqaror emasligi haqida mulohazalar köp bölsa-da, «Bayyer»da muammolar yanada köproq deyiş mumkin. Londonlik keyingi bosqiçga ötişda jiddiy muammoga duç kelişi dargumon.
Çempionlar Ligasi klassikasiga aylanib bölgan töqnaşuv. Sönggi yetti mavsumning oltitasida jamoalar turli bosqiçlarda özaro kuç sinaşişiga töğri kelgan. Faqat 2020/21 yillar mavsumida muxlislar uşbu jamoalar töqnaşuviga guvoh bölmagan. Ammo buni joriy mavsumda guruh bosqiçidagi özaro öyin kompensatsiya qilgandi, deyiş mumkin. Öşanda Pep Gvardiola şogirdlari Madriddan 2:1 hisobidagi ğalaba bilan qaytgandi.
Ammo ötgan qisqa vaqt içida ham köp narsa özgarib ketdi. «Real» Habi Alonsoni iste’foga çiqarib, Alvaro Arbeloani yangi boş murabbiy etib tayinladi, «Mançester Siti» esa yanvarning özida ikkita katta transferga qöl urdi: Semenyo va Geyi bilan jamoa yanada kuçaydi. Semenyo guruh bosqiçi uçun qaydnomaga kiritilmagani tufayli, jamoa a’zosi bölsa-da, Çempionlar Ligasi öyinlarida qatnaşa olmagandi. U aynan «Real»ga qarşi öyinda debyut qilişi kutilmoqda.
Özbekistonlik himoyaçi Abduqodir Husanov ham aynan «Real»ga qarşi uşbu turnirdagi ilk öyinini ötkazgan va katta taassurot qoldirgandi, Gvardiola bu safar ham unga işonç bildirişi mumkin.
Şu paytgaça jamoalar köp marta töqnaş kelgan bölişsa-da, bu safar ilk bor öyinlar kartinasini taxmin qiliş qiyin. Avvallari, Gvardiola jamoasi öz uslubiga muvofiq tarzda töpni nazorat qilişga urinar, «Real» esa individual mahorat va tezkor qarşi hujumlarga tayanar edi. Ammo yangilangan «Mançester Siti» biroz boşqaça, raqibga moslaşib ham öynaşni örganib olgan. Öz navbatida, Arbeloa boşqaruvi davridagi «Real»ning ham aniq uslubini tasavvur qiliş qiyin. Xullas, muxlislarni hakam huştagi çalingandan keyingina jamoalarning rejasi namoyon böladigan, şuningdek, öyin davomida bir neça marta muvozanat özgarişi mumkin bölgan bahslar kutib turibdi.
Ön yillar oldin uşbu jamoalar töqnaşuvi ham Çempionlar Ligasining doimiy tomoşasiga aylanib ketgandi. Demba Baning sönggi daqiqalardagi golidan söng maydon böylab yugurgani, 2015 yildagi olovli qöşimça bölimlar köpçilikning yodida bölsa kerak. Oxirgi marta esa raqiblar ötgan yozda klublar örtasidagi jahon çempionati finalida töqnaş kelişgandi. Öyin kutilmaganda «Çelsi»ning 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangandi. Demak, parijliklarda qasos oliş imkoni tuğildi.
Umuman, londonliklarning sobiq ustozi Enso Mareska katta öyinlarga xos tayyorlaniş borasida köp bor özini körsatgan, agar hozir ham uşbu mutaxassis işlayotgan bölganida «Çelsi»ning imkoniyatlari biroz yuqoriroq baholanişi ham mumkin edi. Liam Rosenior kelganidan buyon London klubi top-raqiblardan faqat «Arsenal»ga qarşi uçta öyin ötkazdi va uçalasida ham yutqazdi. Qolgan raqiblar bilan öyinlarda esa asosan birinçi raqamda öynadi va yutqazmadi. «PSJ» Rosenior uçun yana bir jiddiy sinov böladi.
Albatta, ötgan yilning oktyabrida «PSJ» – «Strasbur» bahsini ham unutmaslik kerak – öşanda «Strasbur» ustozi bölgan Rosenior Enrike uçun yaxşigina syurpriz tayyorlagan va 3:3 hisobida durang öynab ketgandi. Mehmonlar atigi öyinning 29 foiz vaqtida töpga egalik qilib ham vaziyatlar borasida raqibga böş kelmagan, 3:1 hisobida oldinda borgandi ham. Demak, Roseniordan bu safar ham nimadir kutiş mumkin.
Öz navbatida, «PSJ»ning holati ham biroz mavhum. Ötgan mavsumda jamoa guruh bosqiçi masalasini faqat sönggi turlardagi qiyin ğalabalar orqali hal qilgan va şundan keyin asta-sekinlik bilan kuçayib borgandi. Fransiya çempionati ança yengil ekanidan kelib çiqilsa, aynan şunday tonus jamoa uçun juda kerak. Ammo bu safar «PSJ» guruh bosqiçini nisbatan oson ötkazdi, hatto ötiş bosqiçida ham içki çempionatdagi tanişi «Monako» raqib böldi. Enrikening bu mavsum uçun tajribalari hali davom etayotgani, guruhning hal qiluvçi öyinida «Nyukasl»ni mağlub eta olmagani, «Monako»ga qarşi ikki öyinda ham qiynalgani, içki çempionatda ham işlar joyida emasligidan kelib çiqilsa, «PSJ» va «Çelsi»ning imkoniyatlarini teng baholaş mumkin.
Qur’a Çempionlar Ligasi uşbu mavsumining ikkita eng yorqin sensatsiyasi jamoalarini özaro raqib qildi. «Budyo/Glimt» guruh bosqiçida «Mançester Siti» va «Atletiko»ni, ötiş bosqiçida esa «Inter»ni mağlubiyatga uçratib, barçaning e’tiborini öziga qaratgandi. «Sporting» esa umumiy guruh bosqiçida kuçli sakkizlikka kira oldi. Portugaliyaliklar sönggi turda Bilbaoda keçgan öyinda mezbonlar darvozasiga 90+4-daqiqada gol urib, «Real»ni kuçli sakkizlikdan tuşirib yuborgandi. Undan oldingi turda turda esa «PSJ» ustidan ğalaba qozonilgan.
Şu yergaça yetib kelişning özi katta ğalaba, çorakfinal esa har ikki jamoa uçun ertakning davomi, ajoyib mukofot böladi. Demak, nimçorak finalning eng oçiq, hujumkor va erkin öyinlari aynan şu juftlik iştirokida bölib ötişi kutilmoqda.