Sport | 10:53 / 12.12.2016
6185
3 daqiqa o‘qiladi

Bugun Yevropa Ligasida nimchorak final juftliklari aniqlanadi

Bugun Shveytsariyaning Non shahridagi  UYeFA ofisida Yevropa Ligasining nim chorak final bosqichiga qur'a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

Bu bosqichda klublar ikki savatchaga ajratilgan. Guruh bosqichlari g‘oliblari va YeChLda uchinchi o‘rinni egallagan 8 jamoadan 4tasi "saralanganlar" guruhida bo‘ladi. Qolgan jamoalar "saralanmaganlar" guruhini tashkil etadi.

Bu bosqichda bir mamlakat vakillari o‘zaro uchrashmaydi. Bundan tashqari, bir guruhda o‘ynagan jamoalar o‘zaro duch kelmaydi, shuningdek, siyosiy vaziyat tufayli Rossiya va Ukraina jamoalari uchrashishi oldi olingan.

Saralanganlar: APOEL (Kipr), «Ayaks» (Niderlandiya), «Beshiktosh»*, «Usmonlispor», «Fenerbahche» (barchasi – Turkiya), «Genk» (Belgiya),  «Zenit» (Rossiya), «Kopengagen» (Daniya)*, «Lion», «Sent-Eten» (ikkisi – Fransiya)*,  «Roma», «Fiorentina» (ikkisi – Italiya), «Sparta» (Chexiya), «Tottenhem» (Angliya)*,  «Shalke» (Germaniya), «Shaxter» (Ukraina).

Saralanmaganlar: AZ (Niderlandiya), «Anderlext», «Gent» (ikkisi – Belgiya), «Astra» (Ruminiya), «Atletik», «Vilyarreal», «Selta» (barchasi – Ispaniya), «Borussiya» Menxengladbax (Germaniya)*, «Krasnodar», «Rostov»* (ikkisi – Rossiya), «Legiya» (Polsha)*, «Ludogorets» (Bolgariya)*, «Manchester Yunayted» (Angliya), «Olimpiakos», PAOK (ikkisi – Gretsiya), «Xapoel» Beyer-Sheva (Isroil).

*1/16 final bosqichiga chempionlar ligasidan qo‘shilgan jamoalar.

Qur'a tashlash marosimi YeChL uchun qur'adan keyin – Toshkent vaqti bilan soat 17.00da boshlanadi.

1/16 final bosqichi o‘yinlari 2017 yilning 16 va 23 fevral kunlarida o‘tkaziladi. Birinchi savatdagi guruhlar ilk o‘yinlarni o‘z maydonida o‘tkazadi.

Qur'a jarayonini ushbu havola orqali jonli ravishda kuzatish mumkin >>>

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid