Texnologiya | 19:58 / 12.12.2016
19373
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng ommabop avtomobil ranglari ma'lum bo‘ldi

Foto: MotorGlobe

Amerikaning Axalta Coating Systems firmasi dunyodagi eng ommabop avtomobil ranglariga bag‘ishlangan tadqiqot natijalarini chop etdi. 

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, so‘nggi paytlarda kuzovi yorqin rangdagi mashinalarga bo‘lgan urf qaytmoqda.

“Biz hali-hamon neytral ranglarning faolligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Biroq, borgan sari ko‘proq xaridorlar ancha yorqin rangli avtomobillarga qiziqish bildirmoqda. Kelajakda “rangli” mashinalar yetakchilik qilishi mumkin”, - deya ta'kidlab o‘tgan Axalta vakmili Nensi Lokxart.

Tadqiqotga ko‘ra, oq dunyodagi eng ommabop rang bo‘lib turibdi. Har o‘nta sotilgan mashinaning to‘rttasi shunday rangdadir.

Dunyodagi eng ommabop avtomobil ranglari

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid