Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyadagi masjid yonida ibodat qilayotgan kishiga pichoq bilan hujum qilindi
Simi Valley masjidi yaqinida ibodat qilayotgan kishiga pichoq urganlikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi. Daily Sabah nashri shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jabrlanuvchi ibodatdan avval gumondor bilan bahslashib ketgan. Politsiyaning ma'lum qilishicha, 29 yoshli Jon Metteson masjid yaqinida qo‘lga olingan.
Jabrlanuvchi hayotiga tahdid solmaydigan jarohat olgan va barqaror ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.
Metteson jinoiy tahdid va fuqarolik huquqlarini buzishda gumon qilinib, hibsga olindi.
"Biz bu jinoyatning masjidga bog‘liqlik tomoni bor yoki yo‘qligini o‘rganib chiqamiz, - dedi Adam Darou. - Bu voqeadan juda xavotirdamiz. Insonlar qaysi dinga e'tiqod qilishlaridan qat'i nazar, biz ularning shaharda o‘zlarini xavfsiz his qilishlarini istaymiz".
CAIR (Council on American-Islamic Relations - Amerika-Islom munosabatlari konsulligi) bir oy ichida Amerikadagi musulmonlarga qarshi yo‘naltirilgan harakatlarga oid 200ga yaqin ma'lumot olgan.
Metteson seshanba kuni sud oldida javob beradi.
Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
00:10 / 25.04.2026
AQShda 60 metr balandlikdan yiqilgan ayol tirik qoldi
13:07 / 24.01.2026
Kaliforniya gubernatori Yevropa siyosatchilarini Trampga nisbatan dadil pozitsiya egallashga chaqirdi
10:35 / 24.10.2025