Jahon | 19:55 / 12.12.2016
3476
1 daqiqa o‘qiladi

Qohiradagi cherkovda yuz bergan terakt xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan

Foto: © RIA

Qohiradagi cherkovda ro‘y bergan terakt xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan, deb ma'lum qildi Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi shahardagi motam marosimida.

"Cherkovdagi terakt 22 yoshli xudkush Shafiq Mahmud Muhammad Mustafo tomonidan amalga oshirilgan. Unda portlovchi “kamar” bo‘lgan", - dedi u.

Ma'lumot uchun, voqea 11 dekabr kuni tongda “Al-Butrosiya” koptlar cherkovi binosi yonida ro‘y bergan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 26 kishi halok bo‘lib, taxminan 40-60 kishi jarohat olgan.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid