Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Shimoliy Koreya rahbari o‘g‘il farzandli bo‘ldi
Shimoliy Koreya yetakchisining rafiqasi maxfiy tarzda vorisni dunyoga keltirgan bo‘lishi mumkin. Bunday taxmin Britaniyaning The Daily Star nashri tomonidan bildirildi.
Jurnalistlarning taxmini Li Sol Chju so‘nggi sakkiz oy davomida omma oldida ko‘rinish bermagani bilan bog‘liqdir.
Nashrning Renxap agentligiga asosan yozishicha, Li Sol Chju o‘z turmush o‘rtog‘i bilan 2013 yilda 22 tadbirda, 2014 – 15, o‘tgan yili – yettita va joriy yilda esa atigi to‘rtta tadbirda birga bo‘lgan. Uni 5 dekabr kuni qiruvchi samolyotlarning chiqishi vaqtida suratga tushirishdi. Bu holat uzoq vaqtdan beri ilk marotaba ro‘y bergan. Shimoliy Koreyaning "Nodon sinmun" gazetasida chop etilgan suratlarda Li Sol Chju stol yonida o‘tirganini ko‘rish mumkin.
Gazetaning ta'kidlashicha, Kim Chen Inning birinchi farzandi haqida jahon jamoatchiligi tasodifan bilib qoldi. Bu haqdagi ma'lumot MBA sobiq basketbolchisi Dennis Rodmanning og‘zidan chiqib ketgan.
Mavzuga oid
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
20:02 / 05.11.2025