Jahon | 20:35 / 12.12.2016
6080
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp mamlakat milliy xavfsizlik vazirligi rahbarligiga yangi nomzodni ilgari surdi

Foto: © AP Photo/Carolyn Kaster

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp iste'fodagi general Jon Kellining nomzodini mamlakat milliy xavfsizlik vaziri lavozimi uchun ilgari surdi. Bu haqda 12 dekabr kuni Reuters agentligi xabar bermoqda.

“General Jon Kelli bilan o‘n yil davomida harbiy xizmatda bo‘lganimiz va uning mamlakatimizga qaratilgan terrorchilik xavflariga qarshi qat'iy qarorlar chiqara bilishi AQSh milliy xavfsizlik vaziri lavozimiga mos keluvchi nomzod sifatida e'tirof etishimizga sabab bo‘ladi”, dedi Tramp.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid