O‘zbekiston | 17:39 / 12.05.2026
1666
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyo harbiylari AQSh Qurolli Kuchlari o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etadi

Qo‘shma Shtatlarda Regional Cooperation 2026 ko‘p millatli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Foto: CENTCOM

AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) 2026 yil iyun oyida Markaziy va Janubiy Osiyodagi hamkorlar ishtirokida Qo‘shma Shtatlarda Regional Cooperation 2026 ko‘p millatli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishini e’lon qildi.

Amerika qo‘mondonligi bayonotida aytilishicha, 30-marta o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda o‘nga yaqin davlat harbiylari ishtirok etadi. Biroq Vashington bo‘lajak mashg‘ulotlar ishtirokchilarining to‘liq ro‘yxatini hozircha oshkor qilmadi.

CENTCOM ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil iyun oyida Massachusets shtatidagi Cape Cod qo‘shma bazasida o‘tkazilgan Regional Cooperation 25 mashg‘ulotlarida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston, shuningdek, Pokiston va AQSh harbiy xizmatchilari ishtirok etgan; Armaniston, Buyuk Britaniya va Gurjiston kuzatuvchi bo‘lgan.

CENTCOM sahifasida ushbu tadbir qo‘shma xalqaro operatsiyalarni ishlab chiqish, terrorizmga qarshi hamkorlikni rivojlantirish, muvofiqlikni oshirish va fuqarolik-harbiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yillik ko‘p tomonlama qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari sifatida tasvirlangan. Amerika tomoni 2026 yilda manyovrlar o‘tkaziladigan joyning aniq manzilini ham hozircha ma’lum qilmadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid