Sport | 10:16 / 12.12.2016
13038
2 daqiqa o‘qiladi

Video: «Galatasaroy» futbolchisi golini halok bo‘lgan politsiyachilarga bag‘ishladi

«Beshiktosh» stadioni oldida teraktlar sodir etilgan kunning ertasiga ushbu jamoaning ashaddiy raqiblaridan biri bo‘lmish «Galatasaroy» jamoasi chempionatdagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

«Gaziantepspor»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan ushbu uchrashuvda istanbulliklar jamoasi yarim himoyachisi Yasin O‘ztekin 3ta gol urdi.

U birinchi golini urgach, maydon chetiga chopib borib, stadionda xavfsizlikni ta'minlab turgan politsiyachilar qarshisida "chest" bergan. Biroz muddatdan keyin futbolchi politsiyachilar oldiga borib, ularni quchoqlab, hamdardligini ifodalagan.

Eslatib o‘tamiz, 10 dekabr oqshomida «Beshiktosh»ning uy o‘yinlari o‘tadigan «Vodafone Arena» o‘yingohi yaqinida «Bursaspor»ga qarshi o‘yindan keyin bir necha soat o‘tib, portlashlar sodir bo‘ldi. Politsiyachilarga qarshi qaratilgan bu hujum oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi va 100dan ortiq kishi jarohatlandi. Ularning aksari politsiyachilar.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid