Jahon | 10:31 / 13.12.2016
3706
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyahu Ozarboyjonda muzokaralar o‘tkazadi

Foto: EPA

Diplomatik manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hukumati rahbari Bokuga kelishi bilanoq Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaralar o‘tkazadi. Ikki tomonlama muzokaralar yakunida kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Biroq, hozircha, hujjatlar qaysi sohalarga oid bo‘lishi ma'lum qilinmayapti. 

Shu bilan birga, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Bokuga uyushtiradigan tashrifiga doir rasmiy darajada bayonot berilgani yo‘q. Bundan avval, Netanyahu 20 yil muqaddam, 1997 yilda Bokuga kelgan edi. 

Ta'kidlanishicha, Ozarboyjon Isroil bilan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy, gumanitar aloqalarga ega oz sonli musulmon davlatlardan biri hisoblanadi. 

Xabarlarga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Bokudan Ostonaga kelishni rejalashtirmoqda. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid