Jamiyat | 18:19 / 13.12.2016
20496
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi tomonidan qotillik sodir etildi

11 dekabr kuni kechqurun Rostoshi qishlog‘ining Zemlyanskiy ko‘chasidagi turar-joy hovlisida joylashgan  hammomda 32 yoshli kishining jasadi topildi. Bu haqida 1news.uz nashri xabar berdi. 

Orenburg viloyati tergov komissiyasi "Qotillik" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 11 dekabr soat 18:30da gumondor turar-joydagi hammomda bo‘lgan. U qo‘shnisi bilan janjallashib, uning ko‘krak sohasiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Buning natijasida jabrlanuvchi hayotdan ko‘z yumgan. 

Politsiya xodimlari qisqa muddatda gumondorni aniqlab, qo‘lga olishgan. Bu 40 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. Manbaga ko‘ra, u avval ham jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, bir qator og‘ir jinoyatlar sodir etgani uchun umrining 20 yilini qamoqda o‘tkazgan. 

Ma'lumotlarda keltirilishicha, jabrlanuvchi oilali bo‘lib, ikki farzandning otasi bo‘lgan. U marshrutka haydovchisi bo‘lib ishlagan. 

Viloyat IIVB matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda jinoyat bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid