Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh politsiyachilari tomonidan otib o‘ldirilgan BAAlik talabada qurol bo‘lmagan
AQShda politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgan BAAlik talaba voqea paytida qurollanmagan bo‘lgan. Bu holat uni Ohayo shtatida qo‘lga olish paytida yuz bergandi, deb xabar qiladi Reyter agentligi shtat bosh prokurori vakiliga tayangan holda.
Voqea dekabr boshida ro‘y bergandi. Politsiyaga yo‘llardan biridagi qonun buzilish holati haqida xabar kelib tushgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, xavfli harakatlarni amalga oshirgan avtomobil ag‘darilib ketgan, haydovchi esa o‘rmonda berkinishga urinib ko‘rgan. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari bilan mojaroga kirgan Klivlend universitetining 26 yoshli talabasi Saif Nasser Muborak Alameri otib o‘ldirildi. Voqeada ishtirok etgan politsiyachilardan biri jarohat olgan va hozir ma'muriy ta'tilda. Voqea sabablari tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Shtat bosh prokurori vakili Jill Del Greko hodisa haqidagi savolga javob berarkan - "qurol bo‘lmagan", deya aytib o‘tdi.
BAA TIV voqeani "og‘riqli" deb atadi va o‘z fuqarosining o‘limiga nima sabab bo‘lganini aniqlashini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15 / 10.06.2026