Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika admirali: AQSh Janubiy-Xitoy dengizida Pekinga qarshi turishga tayyor
Xitoy o‘zining "noqonuniy dengiz da'volari"ni davom ettiradigan bo‘lsa, AQSh Janubiy-Xitoy dengizida Pekinga qarshi turadi, deb yozmoqda Reyter agentligi, AQShning Tinch okeanidagi floti qo‘mondoni admiral Harri Harrisga asoslangan holda.
Admiralning so‘zlariga ko‘ra, AQSh har qanday mamlakatning Janubiy-Xitoy dengizida harbiy baza qurganiga qaramay, bir tomonlama tartibda boshqa davlatlarning harakatini cheklashiga yo‘l qo‘ymaydi. "Biz imkoni bo‘lsa hamkorlik qilamiz, ammo zarurat paydo bo‘lsa, qarshi turishga tayyormiz", - degan Harris.
Bunday bayonotlar, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashuviga olib kelishi mumkin. Yangi prezident Donald Trampning Tayvan ma'muriyati rahbari bilan telefon orqali muloqot qilishi Xitoyning noroziligiga sabab bo‘lgan edi, deb xotirlaydi agentlik.
Xitoyning Yaponiya, Vetnam va Filippin mamlakatlari bilan Janubiy-Xitoy va Sharqiy-Xitoy dengizlaridagi chegaralari borasida turli qarashlar mavjud.
AQSh XXRni Janubiy-Xitoy dengizini harbiylashtirishda ayblab keladi. Rasmiy Pekin bu ayblovlarni asossiz deb baholaydi. Vashington o‘z navbatida tortishuvli hududlarni Xitoyga tegishli deb hisoblamaydi hamda "xalqaro huquq ruxsat bergan barcha hududda parvoz qilish, suzish va harakat qilish huquqiga ega"ligini ta'kidlaydi. Ikki tomon ham davriy ravishda mintaqada harbiy salohiyatini namoyish etishga urinadi.
Pekin fikricha, Filippin va Vetnam kabi davlatlar AQShning qo‘llab-quvvatlashidan mintaqadagi keskinlikni kuchaytirishda foydalanmoqda. Xitoy hukumati Vashingtonni bir necha marotaba hududiy tortishuvlarga aralashmaslikka chaqirgan edi.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15 / 10.06.2026