Jamiyat | 21:12 / 14.12.2016
5111
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada katta firibgarlik uchun 200 xitoylik hibsga olindi

Foto: Getty Images

Ispaniya politsiyasi bir qator reydlar davomida telefon orqali 16 mln yevrolik (17 mln dollar) firibgarlikni amalga oshirishda gumon qilinayotgan 200 dan ko‘proq xitoylikni qo‘lga oldi. Bu haqda xitoylik mansabdor shaxsga iqtibos keltirgan holda ABC News xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, taxminiy firibgarlar Ispaniyada koll-markazlar (telefon orqali muloqot qilinadigan markazlar) tashkillashtirib, o‘z yurtdoshlarini aldab kelganlar. Ular dastlab o‘z qurbonlariga qo‘ng‘iroq qilib, ularning do‘stlari yoki qarindoshlari bo‘lib ko‘rinib, firibgarlar qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligidan ogohlantirishgan. So‘ngra firibgarlar qurbonlarga qayta qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini bunday firibgarliklarni tergov qilayotgan politsiyachilar sifatida tanishtirib, qurbonlarni soxta hisob raqamlarga pul o‘tkazishga ko‘ndirishgan.

Firibgarlar yetkazgan ziyon miqdori 17 mln dollarga baholangan. Politsiyaning ma'lum qilishicha, jinoiy tarmoq Tayvandan boshqarilgan. Shuningdek, bu tarmoqning 5 ta qit'ada ham filiallari mavjud.

Xitoy hukumati jinoyatchilarning ekstraditsiya qilinishini kutmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid