Jamiyat | 13:36 / 14.12.2016
5935
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston bosh prokuraturasi: Ablyazovni jinoiy ta'qib etish davom ettiriladi

Foto: © RIA Novosti

Qozog‘iston bosh prokuraturasi sobiq bankir Muxtor Ablyazovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish davom ettirilishi kerak, degan fikrda. Bu haqda mahkama saytida chop etilgan matbuot relizida aytiladi.

"Jinoiy ish bo‘yicha tergov tugagani yo‘q – Ablyazov va uning hamtovoqlari g‘oyib bo‘lishgan. Jinoyat-protsessual qonunchilik talablari asosida ayblanuvchi shaxsni jinoiy ta'qib qilish huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan uni sudga topshirilgunga qadar davom etishi lozim", - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, mahkama "ayblanuvchilarni qo‘lga olish uchun qonunchilik bilan nazarda tutilgan barcha choralarni qo‘llaydi".

Ma'lumot uchun, Muxtor Ablyazov 1998-1999 yillarda Qozog‘iston energetika, sanoat va savdo vaziri bo‘lgan. U 2005-2009 yillarda BTA-bank direktorlar kengashiga rahbarlik qildi. 2009 yilda esa unga nisbatan Qozog‘iston va Rossiyada yirik miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan va hibsga olishga order berilgan. RFda Ablyazov deyarli 5 milliard dollarlik moliyaviy nayranglarni amalga oshirganlikda ayblangandi.

Ablyazov 2013 yilning iyulida xalqaro order talabi bilan qo‘lga olinib, o‘shandan beri Fransiyadagi hibsxonada saqlanmoqda. 2015 yilning sentabrida esa Fransiya bosh vaziri Manyuel Vals ayblanuvchini Rossiyaga ekstraditsiya qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shundan so‘ng bankir himoyachilari Fransiya Davlat kengashiga shikoyat arizasi bilan chiqishgan va u Ablyazovni ekstraditsiya qilishni bekor qilgan.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid