Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy ma'muriyati yangi davlat kotibligiga nomzod xususida izoh berdi
© AFP 2016/ Nicholas Kamm
AQShning amaldagi ma'muriyati yangi saylangan prezident Donald Trampning ExxonMobil rahbari Reks Tillersonni davlat kotibligiga tavsiya qilish yuzasidan qarorini izohladi.
Tramp Tillersonni AQSh davlat kotibligiga tayinlashi haqida 13 dekabrda rasman e'lon qilgan edi. Albatta, bunda Tillerson nomzodi AQSh Kongressi Senati tomonidan tasdiqlanishi kerak. Unda respublikachilar partiyasi biroz ustunlikka ega.
"Saylangan prezident o‘zining saylovoldi kampaniyasini Rossiya bilan munosabatlarni iliqlashtirishini ta'kidlash bilan o‘tkazdi. Shuning uchun ham — RF prezidenti Vladimir Putin “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlagan kishini davlat kotibligiga tanlash eng yaxshi usuldir. Buning kutilmagan va hayron qoladigan joyi yo‘q", — degan Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest matbuot brifingida.
Uning ta'kidlashicha, ayrim kongressmenlar Tillersonning Rossiya bilan bunday aloqalariga jiddiy qiziqishlari aniq.
Shu bilan birga, Ernestning tan olishicha, Tillerson "keskin savollarga javob berish borasida qobiliyatga ega".
Tillerson Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan bir necha marotaba uchrashgan.
Mavzuga oid
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
00:57 / 03.02.2021