Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 dekabr kuni O‘zbekistonda shamolli ob-havo kuzatiladi
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 dekabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 5-7, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir, qor yog‘ib, tuman tushish ehtimoli bor. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq, Navoiy viloyati shimolida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba'zi joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:05 / 30.06.2026
Jazirama ortidan salqinlik?
08:49 / 30.06.2026
O‘zgidromet: iyul oyida O‘zbekistonda kuchli issiqlar kutilmoqda
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
09:15 / 22.06.2026