Jamiyat | 12:02 / 15.12.2016
6136
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya yo‘llariga 1,4 mlrd dollar sarflanadi

Foto: AP

Yangi Zelandiya hukumati Janubiy orolning Kaykura dam olish maskanidagi transport infratuzilmasini tiklash maqsadida 2 milliard dollar (1,42 mlrd AQSh dollariga yaqin) mablag‘ ajratadi. Bu haqda Reyter agentligi xabar qilmoqda.

Yangi Zelandiyada 7,9 ballik zilzila 14 noyabrda ro‘y bergan edi. Mintaqada ikkita yerosti silkinishi qayd etilgan. Natijada ikki kishi halok bo‘lgan. kelasi kuni mamlakatning Janubiy orolida 6,2 ballik yer qimirlashi yuz berdi. Dastlab, hukumat tabiiy ofatdan yetkazilgan zararni 8 milliard Yangi Zelandiya dollari (5,8 mlrd AQSh dollari atrofida) deb baholagan edi.

Mashhur Kaykura kurorti buning oqibatida tashqi dunyodan to‘liq uzilib qolgan edi. Agentlikning xabar qilishicha, hozirda, kurort transport tuzilmasining katta qismi, avtomobil va temir yo‘l magistrallaridan yaroqsiz holatga kelib qolgan. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid