Jahon | 09:27 / 15.12.2016
6382
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda mansabdor shaxslarga sovg‘alar olish taqiqlab qo‘yildi

Foto: Getty Images

Qirg‘izistonning Jogorku Keneshi yig‘ilishida deputatlar manfaatlar ziddiyati haqidagi qonun loyihasini ma'qullashdi. Unga ko‘ra, mansabdor shaxslarga sovg‘alar olish taqiqlab qo‘yiladi.

Qonun kuchi quyidagi toifadagi mansabdor shaxslarga amal qiladi: 
 - davlat, fuqarolik va munitsipal xizmatda bo‘lgan ma'muriy lavozimlarni egallovchi shaxslar;
-  siyosiy davlat lavozimlari, maxsus davlat lavozimlari va siyosiy munitsipal lavozimlarni egallovchi shaxslar;
- faoliyati davlat yoki mahalliy byudjyetdan moliyalashtiriladigan yoki ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan muassasa, tashkilot va korxonalar rahbarlari, davlat mulkini boshqarish ishonib topshirilgan shaxslar.

Ushbu shaxslarga xizmat vazifalarini bajarishda ular yoki ularga yaqin shaxslar shaxsiy manfaatga ega bo‘lgan qarorlarni ishlab chiqish, ularni muhokama qilishda ishtirok etish va qabul qilish taqiqlanadi. 

Davlat va munitsipal xizmatchilarga narxi 10 ta eng minimal ish haqidan (hozirda eng minimal ish haqi ming qirg‘iz so‘mi qilib belgilangan) oshmagan sovg‘alarni olishga ruxsat beriladi. 

Diplomatik sovg‘alarni rasmiy tadbirlar doirasida olishga ruxsat beriladi. Bunday sovg‘alar davlat mulki hisoblanadi va davlat organi, mahalliy o‘zini boshqarish organi, korxona balansiga topshirilishi kerak bo‘ladi.

Munitsipal va davlat xizmatchilari diplomatik sovg‘ani Qirg‘iziston hukumati tomonidan o‘rnatilgan holat va tartibda sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Sovg‘alarni hisobga olish, baholash. saqlash, ulardan foydalanish va ularni sotib olish, ularni qayd qilish jurnali shakli hukumat tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

 

Mavzuga oid