Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koloradodagi o‘qituvchilarga qurol olib yurishga ruxsat berildi
Kolorado qishloq maktabi chorshanba kuni o‘z o‘quvchilarini himoya qilish uchun o‘qituvchilar va boshqa xodimlarga kampus hududida qurol olib yurishga ruxsat berishga qaror qildi. Gazette of Colorado Springs nashri shu haqida ma'lum qildi.
Hududning ikki maktabi taxminan 270 nafar o‘quvchiga xizmat ko‘rsatadi.
Kengash a'zosi Maykl Louson bunday g‘oyani qo‘llab-quvvatladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu nafaqat o‘quvchilarni ommaviy qotillikdan himoya qilish, balki giyohvand moddalar bilan bog‘liq zo‘ravonliklardan ham muhofaza qilish usulidir.
Maktab kengashi prezidenti Makferson bu borada jamoatchilik fikri ikkiga ajralganini ma'lum qilgan.
“Biz bu ishni professionallarga qoldirganimiz ma'qul”, - dedi Makferson. U qurolning maktab ichida saqlanishiga oid xavotirini bildirdi.
2012 yilda Konnektikutdagi Sandy Hook Elementary School boshlang‘ich maktabida ro‘y bergan voqeadan keyin Kolorado, shuningdek Texas, Oklaxoma va Kaliforniyadagi boshqa maktablarda ham o‘qituvchilarning qurol olib yurishi qo‘llab-quvvatlandi.
Koloradoda o‘qituvchilar qurolni boshqarishga doir o‘quv mashqlarini egallashmoqda.
Manbaga ko‘ra, barcha pedagoglar 46 soatlik o‘quv dasturini o‘zlashtirishlari, shuningdek psixologik tekshiruvdan o‘tishlari lozim bo‘ladi. O‘qotar qurolni boshqarish sirlarini egallash umumiy hisobda 3000 dollarga tushmoqda, bundan tashqari, qurol va harbiy anjomlarni xarid qilish uchun ma'lum bir miqdordagi mablag‘ ajratishga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
09:10 / 19.05.2026
Lift xavfsizligini baholash tizimi uchun yangi tartib joriy etilmoqda
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
10:51 / 02.03.2026
Iordaniya va Bahraynda bo‘lgan fuqarolarga xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar berildi
11:00 / 12.02.2026