Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makedoniya 81 yevroga teng eng yirik banknotani bekor qildi
Makedoniya 15 dekabrdan e'tiboran mamlakatdagi eng yirik pul birligi – 5 ming dinorlik qog‘oz pullarni muomaladan olishga qaror qildi. U 81,3 yevroga teng bo‘lgan pulga aholi orasida unchalik ham talab bo‘lmagani sababli Markaziy bank shunday qarorga kelgan.
Besh minglik kupyura 1996 yilda muomalaga kiritilgan edi. Tijorat banklari 2017 yil 28 fevraliga qadar ularni almashtiradi. Milliy bank esa, 2017 yil 1 martidan almashtirishni boshlaydi.
"5000 dinorlik kupyura keng jamoatchilik tomonidan o‘ta yuqori qiymati sabab qabul qilinmadi. Bu esa, ularning naqd pul muomalasi, birinchi galda, savdodagi ishtirokini chekladi", — deyiladi xabarda.
Bir vaqtning o‘zida muomalaga 200 va 2000 dinorlik (3,2 va 32,5 yevroga teng) qog‘oz pullar chiqariladi.
Mavzuga oid
19:54 / 15.07.2026
Markaziy bank huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etildi
13:46 / 13.07.2026
2025 yilda uy-joy narxlari pasaydi, oldi-sotdi ko‘paydi - Markaziy bank tahlili
19:08 / 07.07.2026
XVJ O‘zbekistondagi valuta kursining “suzuvchi” rejimini tan oldi
19:43 / 04.07.2026