Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter o‘z messenjerini yaratish bo‘yicha loyihani yopib qo‘ydi
Foto: AFP
Twitter mikrobloglar servisi bir yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z messenjerini ishlab chiqish bilan shug‘ullandi. Biroq oxir-oqibat undan voz kechib, loyihani butunlay yopdi, deb xabar bermoqda Buzzfeed.
Messenjerni kompaniyaning Bangalor shahridagi hindistonlik muhandislar guruhi ishlab chiqish bilan shug‘ullangan. Loyiha 2016 yilning sentabrida yopildi. Xabarlarga ko‘ra, Twitter’da Hindistondan kam foydalanuvchilar bor bo‘lib, kompaniya xabarlarni tez jo‘natish servisi orqali o‘z ommabopligini oshirmoqchi bo‘lgan.
Oxir-oqibat loyiha sinovdan o‘tkazish jarayonida yaxshi natijalarni ko‘rsatmadi.
Twitter vakillari esa bu borada hech qanday izoh berishmadi, biroq kompaniyaning hind bo‘linmasi top-menejyeri messenjer yaratish haqidagi xabarni tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 2016 yilning uchinchi kvartalida daromad olishga bor e'tiborini qaratgan. Shu sababdan loyiha ham yopildi.
Mavzuga oid
07:21 / 26.03.2026
Texnologiyalar qayerda yaratiladi: patentlar bo‘yicha davlatlar reytingi
07:43 / 10.02.2026
Mikroto‘lqinli pechdan GPS’gacha: aslida harbiylar uchun yaratilgan 7 texnologiya
08:00 / 29.01.2026
Telegrafdan kvant kompyuterlarigacha: 7 gigantning evolyutsiyasi
09:12 / 16.12.2025