Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yugurishning eng katta foydasi ma'lum qilindi
Amerikalik olimlar yugurish bilan shug‘ullanishning o‘tirgan holdagi hayot tarziga nisbatan ustunligini ma'lum qilishdi. Bunga bag‘ishlangan tadqiqot haqida Arizona universiteti (AQSh) xabar bermoqda.
Mutaxassislarning ko‘rsatishicha, yugurish bilan shug‘ullanish bosh miyaning turli qismlaridagi o‘zaro aloqalarning yaxshilanishiga olib keladi. Xususan, yuguruvchilarda rejalashtirish, qarorlar qabul qilish boshqalarga qaraganda yaxshiroq rivojlangan.
Olimlar bunday xulosaga ikki guruhdagi yigitlar (18-25 yosh) bosh miyasini magnitli-rezonans tomografiyasidan o‘tkazib kelishgan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, tadqiqot aynan yoshlarga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, olimlar yuguruvchilarda bunday holatlarni yaxshilovchi aniq bir sabablarni ma'lum qilishmagan. Bunga jismoniy tarbiyaning ijobiy ta'siri ham turtki berishi mumkin.
Mavzuga oid
09:43 / 29.11.2025
O‘zbekistonlik olimlar yoqilg‘isiz “yashil issiqxona” texnologiyasini yaratdi
15:46 / 19.08.2025
Miyadagi fikrlarni ovozga aylantiradigan qurilma ishlab chiqildi
00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
22:31 / 24.06.2025