Jamiyat | 11:47 / 16.12.2016
39940
1 daqiqa o‘qiladi
Uzcard plastik kartalar egalariga maxsus murojaat bilan chiqdi
Uzcard plastik kartalar egalari 14 va 15 dekabr kunlari xaridlarni amalga oshirish va mobil hamda internet-to‘lovlardan foydalanishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelishdi.
Terminallarning protsessing markazi bilan uzilishlari soat 11:00 dan 12:30 ga qadar tranzaksiyalar faolligining ortishi bilan bog‘liq. Bu haqda Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi o‘z saytida xabar bergan.
Xabarda mazkur holat yuzasidan choralar ko‘rilayotgani ma'lum qilingan. Shuningdek, yangi yil oldi kunlari karta egalariga xaridlar va onlayn to‘lovlarni kunning ikkinchi yarmi va kechki vaqtga rejalashtirishlari tavsiya qilindi.
Mavzuga oid
15:27 / 20.08.2022
IESlar va Uzcard ham xususiylashtiriladi
15:25 / 30.03.2022
Uzcard yangicha to‘lov kartalari chiqaradi
12:54 / 30.09.2021
«Uzcard» bankomatlarda valuta ayirboshlashni to‘xtatdi
14:22 / 03.12.2020